20.01.2025. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mutaxassislari tomonidan Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasida xodimlarga 2023-2024 yillar davomida to‘langan maoshlarning nizom talablariga mos kelishi yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.
O‘rganishlar natijasida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, birlashma hisob-kitob bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 apreldagi 174-sonli qarori talablarini buzgani, rahbarning buyrug‘i asosida 2024 yilning dastlabki oyida «malaka oshirish va qayta tayyorlash» kurslarida malakasini oshirib qaytgan tibbiyot xodimlariga xarajat pullari to‘lab berilmagani aniqlandi.
Holatga doir xato-kamchiliklar bartaraf etildi. Ya’ni, xodimlarning ish haqlari qayta hisoblandi va 83 nafar xodimga jami 108 million 109 ming 810 so‘m undirib berildi.
Davron O‘rozboev
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mehnat huquq inspektori