22.01.2025. 2025 yil kasaba uyushmalari faoliyati uchun muhim davr hisoblanadi, chunki joriy yilda barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkaziladi.
Buxoro viloyat kengashi katta majlislar zalida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish hamda qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislari ishtirokida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashidan Sh. Ne’matov, viloyat kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri A. Axmedov hamda tarmoq rahbari D. Kamilova ishtirok etdilar.
Seminar davomida ishtirokchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom” talablari asosida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish tartibi, qo‘mita a’zolarini saylash jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish, komissiya a’zolarining vazifalari va dublyorlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.