27.01.2025. Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi V-Majlisi, Ijroiya qo‘mitasining 13-yig‘ilishi hamda hisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiyalari)ni yuqori saviyada o‘tkazishdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bosh mutaxassisi Ilhomjon Kamolov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘linmalari kengashi raisi Olimxon Mirzaev, bo‘linma kengashi apparati xodimlari, kengash a’zolari hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari ishtirok etdi.
Shundan so‘ng, hisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiyalari)ni yuqori saviyada o‘tkazishdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan seminarda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining tashkiliy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi I.I. Kamolov yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berdi.