[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

31.01.2025. Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi shifokori Bektosh Naxalov 1993 yildan buyon mehnat ta’tilida bo‘lmagan ekan. Uning ta’til so‘rab bergan arizalari tibbiyot birlashmasi mutasaddilari tomonidan muttasil rad etib kelingan. Ma’muriyat sohada uning vazifasini bajaruvchi mutaxassis bo‘lmaganini vaj qilib, xodim huquqini poymol qilgan. Kasaba uyushmalari tomonidan xodim murojaati jiddiy o‘rganildi. Birlashmada o‘tgan 31 yil mobaynida Bektosh Naxalovga atigi bir marta (aniqrog‘i, 2018 yil 13 iyunda) mehnat ta’tili rasmiylashtirilgan xolos.

Jamoat tashkilotining ma’muriyat bilan olib borgan muzokaralari besamar ketdi. Oradan necha yillar o‘tgani qancha rahbarlar almashgani chuvalashib ketgan masalaning yechimiga to‘siq bo‘ldi. Muammoni sudda hal qilishga to‘g‘ri keldi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudi masalaga adolatli nuqta qo‘ydi. Xodimning foydalanilmagan ta’til kunlari uchun 167 522 841 so‘m kompensasiya puli, foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summani 137 kalendar’ kuniga kechiktirganlik uchun 307 538 422 so‘m kompensasiya puli undirilishi to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarib, ijroga yo‘naltirdi.

Mehnat qonunlariga rioya etmaslik Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi mutasaddilariga qimmatga tushdi.

G‘olib Rustamov

Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati kengashi mehnat huquq inspektori