04.02.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston kengashi rejasiga muvofiq To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy tumanlari hamda Chimboy, Kegeyli, Bo‘zatov, Nukus tumanlarida “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni yuqori saviyada o‘tkazish” mavzuida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.
O‘tkazilayotgan seminarlarda hisobot-saylov yig‘ilishlari va konferensiyalarini talab darajasida tashkil etish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va tarkibini saylash, byulletenlarni to‘g‘ri to‘ldirish, sanoq komissiyasi va kotibiyatining ish jarayoni hamda saylashgacha bo‘lgan jarayonlar amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.
Hisobot-saylovga oid seminarlar boshqa tumanlarda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati