[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

11.02.2025. Bu yil kasaba uyushmalari hayotida muhim yil bo‘lib, tarixga muhrlanadi. Boisi, barcha mehnat jamoalarida o‘tgan 5 yil davomida kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinadi.

Farg‘ona shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tgan yillarda ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ishchi-xodimlar va ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida olib borgan ishlari sarhisob qilindi.

Jumladan, hisobot davrida:

117 nafar xodimga 36 mln 800 ming so‘m miqdorida kasaba uyushmasi hisobidan moddiy yordam berildi.
48 nafar xodim kasaba uyushmasi tomonidan imtiyozli tarzda o‘z salomatliklarini tiklash uchun sanatoriylarga yuborildi, buning uchun 132 mln 560 ming so‘m sarflandi.
97 nafar ishchi-xodimlarning farzandlari kasaba uyushmalari tizimidagi yozgi oromgohlarda maroqli dam oldi.

Bundan tashqari, xodimlar o‘rtasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Ma’naviyat soatlari”, “Otam, onam va men — sportchilar oilasi”, “Sport – salomatlik garovi”, “Sog‘lom oila” shiorlari ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, sportning stol tennisi, voleybol, shaxmat-shashka, badminton va suzish turlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, milliy bayramlar va muhim sanalar munosabati bilan turli tadbirlar belgilangan reja asosida o‘tkazib kelindi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida muzokaraga chiqqanlar bu yil kasaba uyushmalarining 120 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan mehnat jamoasida kasaba uyushma qo‘mitasining ishini yanada jonlantirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdilar.

Kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tgan yillarda olib borilgan faoliyati qoniqarli deb topilib, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga nomzodlar ko‘rsatildi. Ochiq ovoz berish yo‘li orqali kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga maktab o‘qituvchisi Saidaxon Sharipova saylandi.

Shuningdek, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona shahar bo‘linmasi Kengashi konferensiyasiga delegat hamda kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari ham saylandi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona shahar bo‘linmasi Kengashi raisi Nozimaxon Mirsalimova ishtirok etdi.

Shohsulton To‘xtamatov