11.02.2025. Joriy yilning 10 fevral’ kuni maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yakunlari va 2025 yil uchun qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda MMTB rahbari o‘rinbosari S. Sobirov va qo‘mita raisi Q. Tojievning 2024 yilda jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan hisoboti tinglandi. Shuningdek, jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi bilan ishtirokchilar tanishtirildi va tasdiqlandi. 2025 yil uchun jamoa shartnomasiga qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, kasaba uyushma tashkilotining 2020-2025 yillardagi faoliyati bo‘yicha hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mitaning besh yillik faoliyati yuzasidan qo‘mita raisi hisoboti tinglandi va qoniqarli deb topildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ham muhokama qilindi. Qo‘mita raisi muqobillik asosida ochiq ovoz berish yo‘li bilan, qo‘mita a’zolari ham ochiq ovoz bilan saylandilar.
Yig‘ilishda Xorazm viloyati Kengashi yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi B. Ismailov va tuman kengashi raisi R. Atajanov ishtirok etdilar.