11.02.2025. O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi hamda kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda mazkur institut direktori Amanjol Ayapov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi qoshidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sho‘’basi mudiri Guzal’ya Rzaeva, O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Sultanov, shuningdek, Federatsiyaning Qoraqalpog‘iston kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Gulnora Ilmuradova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi bo‘lim mudiri Paraxat Avezmuratov hamda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi birlashgan qo‘mitasi raisi Jengisboy Ayapov ishtirok etdi.
A’zolar soni 238 nafarni tashkil qiluvchi institutda xodimlarning mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoyasi va tashkiliy masalalar muhokama qilindi, shuningdek, qo‘mita raisi hisoboti tinglandi.
Shundan so‘ng boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va a’zolari saylandi. Qolaversa, o‘z ishini sidqidildan bajarib kelgan Berdak Begjanovning 2020-2024 yillardagi faoliyati ijobiy baholandi va ochiq ovoz berish yo‘li bilan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi vazifasiga qayta saylandi.
Yig‘ilish doirasida joriy yilda o‘tkazilishi nazarda tutilgan hisobot-saylovlarning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashga doir tushunchalar berildi.