12.02.2025. Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-2025 yillar mobaynidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i A. Abidov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasidan vakil N. Asadova, O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasidan vakil S. Karimova hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B. Abdiev hamda taftish komissiyasi raisi F. Yegjimovning hisobotlari tinglandi. Shundan so‘ng, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va taftish komissiyasi tarkibi hamda agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar ochiq ovoz berish yo‘li orqali saylab olindi.