[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.02.2025. Joriy yilning 12 fevral’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi raisi Olimov Muhammadqosim Hoshimovich rahbarligida kengash apparati mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda yangi tashkil etilgan korxona, tashkilot va muassasalarni O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasiga jalb qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mas’ul xodimlarga 5 tadan tashkilot biriktirilib, ushbu korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan mehnatkashlar o‘rtasida kasaba uyushmalariga a’zolikning afzalliklarini targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Birinchidan, yangi tashkil etilgan korxona, tashkilot va muassasalarning ro‘yxatini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. Bunda:

tashkilotning STIR raqami,
rahbarining familiyasi, ismi va sharifi,
telefon raqami,
joylashgan manzilini aniqlash,
tashkilot rahbari yoki mas’ul xodimi bilan telefon orqali muloqot qilish,
uchrashish kuni, vaqti va joyini kelishib olish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotini tuzish bo‘yicha dastlabki hujjatlarni tayyorlash, jumladan, yig‘ilish bayoni, hamkorlik shartnomasi va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida har bir mas’ul xodim o‘z faoliyati natijalari haqida har kuni viloyat kengashi apparatiga axborot taqdim etishi lozimligi belgilandi.

Korxona, tashkilot va muassasalarni kasaba uyushmasiga jalb qilish ishlari izchil davom etmoqda.