[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.02.2025. Bugun, 12 fevral’ kuni, Sirdaryo tumanidagi 9-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi hamda kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman kengashi raisi Haytqulov Murodjon ishtirok etdi. Yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasining faoliyati qoniqarli deb topilib, tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tub islohotlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanishi haqida ma’lumot berildi.