[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.02.2025. 2025 yil 12 fevral’ kuni O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Karmana tuman Kengashi tizimidagi Karmana-Konimex irrigasiya tizimlari boshqarmasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining 2024 yil 21 dekabrdagi IX-3-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomi asosida hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-2025 yillar davomida bajargan ishlari yuzasidan hisoboti hamda taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.

Muzokaralar chog‘ida kasaba uyushmasi qo‘mitasining ish faoliyati qoniqarli deb baholandi. Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan amaldagi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G‘aniev Shuhrat Shodievich saylandi. Shuningdek, saylov natijasiga ko‘ra 6 nafar qo‘mita a’zosi ham saylandi.

Saylangan kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari o‘z dublyorlarini tanladilar. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining taftish komissiyasi raisi va a’zolari ham saylandi.