[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.02.2025. Joriy yilning 12 fevral’ kuni Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu hisobot-saylov yig‘ilishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyati kengashi raisi o‘rinbosari N. Isoqov, viloyat kengashi bo‘limi boshlig‘i O. Bobomurodov, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy viloyati kengashi raisi F. Rahimova hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha 2024 yilda har bir xodimga sarflangan mablag‘ 11 mln 500 ming so‘mni tashkil etganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan amalga oshirilishi muhim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqildi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Z. Oblaev qayta saylandi.