[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

14.02.2025. Inson salomatligi uchun savob ishga bel bog‘lash xalqimizning qanchalik bag‘rikeng va olijanob ekanligidan dalolat beradi. 15 fevral’ – “Saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan “Men donorman” aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiyada Buxoro viloyat Kengashi apparati xodimlari, shuningdek, tarmoq kasaba uyushmalari faollari faol ishtirok etdilar.

Ixtiyoriy ravishda qon topshirishga kelgan ko‘ngillilar avval malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, tegishli tartibda qon topshirdilar. Ushbu aksiya davomida topshirilgan qon preparatlari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun yuborilishi belgilangan.

Aksiyada faol ishtirok etgan ko‘ngilli donorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

O‘ziga xos insonparvarlik namunasi bo‘lgan bunday tadbirlar zamirida bemorlar hayotini saqlab qolishdek ulkan va xayrli ish turibdi. Shu bois, unda ishtirok etgan har bir inson mazkur xayrli ishga daxldordir.