[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

18.02.2025. Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Bugungi kunda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda tuzilgan jamoa shartnomasi asosida xodimlarga bir qator imtiyoz va kafolatlar berib kelinmoqda. Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan xodimlar, jumladan, xotin-qizlar va yoshlar keng jalb etilgan holda bayramlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, shuningdek, turli musobaqalar va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

Muloqot jarayonida Respublika kengashi raisi N. Alimdjanova korxona xodimlarining talab va takliflarini o‘rganib, ish joylarida ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shaxina Djo‘raeva

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi