18.02.2025. O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati kasaba uyushmalari tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari rahbarlarining Buxoro viloyati Kogon tumani va shahridagi bir necha davlat idoralari hamda moliya muassasalarida jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha hisobot majlisi bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Kogon tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, Kogon shahar Davlat arxivi, Kogon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, shuningdek, AT “Xalq banki” Kogon tuman filialida jamoa shartnomasi bandlari ijrosi bo‘yicha 2024 yilda bajarilgan ishlar hisoboti tinglandi.
Majlisda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati kasaba uyushmalari tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari rahbarlarining 2020-2025 yillardagi faoliyati yuzasidan ma’ruzalari tinglanib, bajarilgan ishlar muhokama qilindi. Shundan so‘ng, har bir hisobot majlisida boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va a’zolari saylanib, kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.