[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

20.02.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubiley bayrami munosabati bilan Samarqand viloyat Yoshlar markazida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi, ochiq muloqoti tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari va tizimida faoliyat olib borayotgan 80 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilning 14 fevral’ kuni yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, yoshlarni bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ham so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida yoshlar kasaba uyushmalari faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Uchrashuv so‘ngida bir qator faol yoshlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari, kitoblar hamda Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik bepul sayohat sertifikatlari taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tasarrufiga kiruvchi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator ishlar olib borildi.

Xususan:

– 2 971 nafar yoshlar uchun o‘z hududi va tarixiy shaharlarga sayohatlar tashkil etildi.

– 956 nafar yoshlarning teatrlarda tashkil etilgan spektakllar tomoshalariga, 430 nafar yoshlarning muzeylarga, 134 nafar yoshlarning konsert dasturlariga tashriflari uyushtirildi.

– 35 yoshgacha bo‘lgan 21 nafar bolali ayollarga oylik maoshi saqlangan holda ish vaqti haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qilib belgilandi.

– Korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 26 nafar yoshlarning ota-onalariga, 10 nafar yoshlarning sog‘lig‘ini tiklash uchun imtiyozli sanatoriy yo‘llanmalari ajratildi.

– Kasaba uyushmalari tomonidan 355 nafar yoshlarga huquqiy maslahatlar berildi.