21.02.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubiley bayrami munosabati bilan xotin-qizlar ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi xotin-qizlar komissiyasi a’zolari, tarmoq kasaba uyushmalari hamda tuman va shahar kengashlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Madaniy tadbirda so‘zga chiqqan viloyat kengashi raisi S. Rafikov yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, ularning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha imkoniyatlar hamda huquqiy kafolatlar yaratilganligi, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, so‘zga chiqqan xotin-qizlar kasaba uyushmalari tomonidan ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlashga ko‘maklashish sohasidagi ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilayotganini alohida ta’kidladilar.
Tadbir yakunida viloyat kengashi tomonidan jamiyat taraqqiyoti, yurt farovonligi yo‘lida va kasaba uyushmalaridagi samarali hamda namunali faoliyati uchun e’tirof etilgan bir guruh xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati