[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

26.02.2025. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi raisi Gulsara Qurbonboeva bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil qilindi.
Uchrashuvni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Dilshod Ibodullaev olib bordi.

Uchrashuvda G. Qurbonboeva mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ulardan katta umidlar haqida gapirdi. Shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi. Yoshlar uchinchi Renessans bunyodkorlari ekanligini e’tirof qilib, ilm izlashdan to‘xtamaslikka undadi.

Universitetning sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakul’teti 231-guruh talabasi Munisa Ozodovaga kasaba uyushmalari stipendiati sertifikati taqdim qilindi. Ushbu stipendiya mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ikki barobarida bo‘lib, olti oy davomida to‘lanadi.