[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

04.03.2025. Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyiga qadar olib borgan faoliyati yuzasidan qo‘mita raisining hisoboti xamda taftish komissiyasining hisoboti tinglandi. Hisobotda korxona mehnatkashlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, mehnatini muhofaza qilish, ma’naviyatini yuksaltirish, salomatliklarini mustahkamlash  bo‘yicha o‘tgan 5 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Delegatlar tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati qoniqarli deb baholandi hamda taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Konferensiyada muqobillik asosida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi  saylovi ham o‘tkazildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda asosiy ishidan ozod etilgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib Azamat Murodov saylandi.

Shuningdek konferesiyada, kasaba uyushmasi qo‘mitasining tarkibi, taftish komissiyasi raisi va uning tarkibi, yuqori kasaba uyushmasi tashkiloti hisobot-saylov konferensiyalariga delegatlar saylandi. Kelgusida boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Konferensiyada ishtirok etgan O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Shuxrat Qurbonov, “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Bahodir Murotov, HR departamenti personalni tanlash va moslashtirish bo‘limi boshlig‘i Gaziev, O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jumaqul Qurbonov, HR departamenti personalni baholash va rag‘batlantirish bo‘limi boshlig‘i Alisher Obidov yig‘ilganlarga mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va ularning natijalari, mazkur islohotlarni hayotga tatbiq etishda kasaba uyushmalarining faol ishtirok etayotgani, kasaba uyushmalari tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligini keng nishonlash borasida olib borilayotgan ishlar qayd etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati