04.03.2025. Muborak gazni qayta ishlash zavodi kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Sh. Qurbanov, “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B. Muratov, HR departamenti personalni tanlash va moslashtirish bo‘limi boshlig‘i U. Gaziev, HR departamenti personalni baholash va rag‘batlantirish bo‘limi boshlig‘i A. Obidov, shuningdek, hamkor tashkilotlardan — “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. To‘raqulov va “O‘zbekiston JTL” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi S. Mamanov hamda sex va bo‘linmalardan saylangan barcha delegatlar ishtirok etdilar.
Konferensiyada kasaba uyushmasi tashkilotining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan faoliyati yuzasidan qo‘mita raisining hisoboti tinglandi va muhokama etildi.
Delegatlar kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.
Muqobillik asosida yashirin ovoz berish shaklida o‘tkazilgan saylovda ko‘pchilik ovoz bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib Sharof Raxmatov qayta saylandi.
Konferensiyada, shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, taftish komissiyasi raisi va uning tarkibi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tashkiloti konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Shundan so‘ng “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi to‘g‘risida mehnat jamoasidan saylangan vakillarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.