[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

04.03.2025. Kasaba uyushmasi Ustavi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, “Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta’mirlash zavodi” AJ Kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ boshqaruv raisi Dadaxo‘jaev Dilshod Farruxovich va “O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi” raisi muovini Rozimetov Maxmud Xabibullaevich ishtirok etdi.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
– Kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-2024 yillar davomidagi faoliyati – uning yakunlari va kelgusidagi vazifalar, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari.
– Taftish komissiyasining hisoboti.
– Kasaba uyushma qo‘mitasi raisini saylash.
– Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibini saylash.
– Taftish komissiyasi tarkibini saylash.
– Taftish komissiyasi raisini saylash.
– O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport qurilishchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi VIII Qurultoyiga delegat saylash.
– O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport qurilishchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga vakil saylash.

Korxona boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasida belgilangan me’yorga muvofiq, sex kasaba uyushmasi tashkilotlaridan saylangan 20 nafar delegat yashirin ovoz berish yo‘li bilan yangi hisobot muddatiga Kasaba uyushmasi qo‘mita raisi etib Madjitova B.R. saylandi.