[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

06.03.2025. Sirdaryo viloyat Bojxona boshqarmasida amaldagi jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi hamda hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda amaldagi jamoa shartnomasi bandlarining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha qilingan ishlar sarhisob qilindi. So‘ng boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B. Maseytov qo‘mitaning 2020-2025 yillardagi faoliyati yuzasidan ma’ruzani yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirdi va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyati qoniqarli deb topildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va uning a’zolari qayta saylandilar.

Yig‘ilish so‘ngida tarmoq kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi B. Usmonov shu yil nishonlanayotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi va belgilangan tadbirlar haqida gapirib o‘tdi.