[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

07.03.2025. Hisobot-saylov konferensiyasida “Hududgaz Surxondaryo” GTF boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining 2020-yil iyuldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari muhokama qilinib, kelgusida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha “Hududgaz Surxondaryo” GTF boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi A.Qobilov va kasaba uyushmasi taftish komissiyasining hisobot ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiyada kasaba uyushmasining 2020-yil iyuldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari, erishilgan yutuqlari e’tirof etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Hisobot-saylov konferensiyasi O‘zbekiston kasaba uyushmalarida yangidan joriy etilgan saylov tizimi bo‘yicha muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Natijada, “Hududgaz Surxondaryo” GTF boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi etib A.B.Qobilov qayta saylandi.

Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining yangi organlari ham saylab olindi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari S.S.Egamberdiev, “Hududgazta’minot” AJ BKUQ raisi Sh.J.Axmedov, O‘zKUF Surxondaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Q.A.Bobolov, O‘zKUFdan Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan mas’ul Sh.J.Qodirov, “Hududgaz Surxondaryo” GTF direktori M.A.Mansurov, direktor o‘rinbosarlari, filial bo‘lim boshliqlari va sex kasaba uyushmalaridan saylangan 41 nafar delegat ishtirok etdilar.