[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.03.2025. Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyat filiali boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti hisobot-saylov konferensiyasi hamda jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashkilotda 3890 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.

Dastlab, hisobot-saylov yig‘ilishlari sex kasaba uyushma tashkilotlarida kasaba uyushmalari Ustav va Nizom talablari asosida o‘tkazildi va yig‘ilishlarda boshlang‘ich tashkilot konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Tashkilot jamoasi manfaatlarini ifoda etuvchi 107 nafar delegat ishtirok etgan hisobot-saylov konferensiyasi juda qizg‘in va muzokaralarga boy bo‘ldi.

Kasaba uyushmalarida bu yilgi saylovlar muqobillik va yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi kasaba uyushma tashkilotlari tizimida demokratik tamoyillarning yanada qaror topishini ifoda etmoqda.

Dastlab, jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi bo‘yicha tashkilot rahbari T. Axtamov batafsil hisobot berib, yig‘ilish qatnashchilari savollari va takliflariga o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Konferensiyada kasaba uyushma qo‘mitasi va taftish komissiyasining o‘tgan davrdagi hisoboti tinglandi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga saylov muqobillik asosida va yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilib, qo‘mita raisi etib M. Bayxanova saylandi.

Hisobot-saylov konferensiyasi ishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi F. Xanapiyaev va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi raisi M. Olimov taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdilar.