12.03.2025. 11 mart 2025 yilda Sergeli tumanidagi 87-DMTTda 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi hisoboti hamda 2020-2025 yillar uchun 5 yillik hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ish beruvchi I.E. Muhamedova va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.B. Yuldashevaning hisobot ma’ruzalari tinglandi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan kasaba uyushmasi raisi va uning a’zolari hisobot davridagi faoliyati muhokama qilindi, uning natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi raisi va uning yangi tarkibdagi vakillari ovoz berish yo‘li bilan saylab olindi.
Yig‘ilish jarayonida jamoa shartnomasining ijrosi, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kasaba uyushmasining kelgusi faoliyati yuzasidan taklif va tavsiyalar ham ko‘rib chiqildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bir qator muhim qarorlar qabul qilinib, jamoa shartnomasiga muvofiq kelgusi yilda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.