[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

13.03.2025. 2025 yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot” yili deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi hududini obodonlashtirish va yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib kutib olish maqsadida hashar tashkil etildi.

Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hasharda boshqarmaning shahodatlangan va erkin yollangan xodimlari ishtirok etib, hududni obodonlashtirishga hissa qo‘shdilar. Unda xodimlar belgilangan agrotexnik talablar asosida yuzlab manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.

Ta’kidlash lozimki, tashkil etilgan mazkur hashar nafaqat obodonlashtirish, balki xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlik va mehnatga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.

Xuddi shunday “Yashil makon” hashar tadbiri Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimiga kiruvchi kasaba uyushmasi hamkorligida ham tashkil etildi. Bu esa, yurtimizda izchil olib borilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga kamtarona hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Albatta, bu kunda ekilgan daraxtlar yillar o‘tib, o‘z hosilini beradi. Bu hosildan bahramand bo‘lgan elning duosi esa daraxt ekkanlarni ko‘kartiradi. Yaxshidan har doim bog‘ qoladi.