[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

13.03.2025. Joriy yilning 11 mart kuni O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasi hududida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida bir nafar xodim voqea joyida vafot etgan va 11 nafar xodim turli darajadagi tan jarohati olgan. Hozirgi vaqtda ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan doimiy kuzatuvda.

Korxonada baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan kuni Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova boshchiligida Respublika kengashining mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuhratilla Rixsiboev va tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Shaxina Jo‘raeva bilan birgalikda “Navoiyazot” AJ korxonasiga zudlik bilan yetib borildi va sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa o‘rganildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi, “Navoiyazot” AJ korxonasi va korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan baxtsiz hodisada jabrlangan barcha xodimlarning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi