13.03.2025. Joriy yilning 13 mart kuni Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinikada kasaba uyushma tashkilotining 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi hisoboti hamda 5 yillik hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Markaziy poliklinika bosh shifokori Shoira Abdusattarova va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shaxar kengashi raisi Gulnoza Toshpulatova ishtirok etishdi.
Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati kelgusi 5 yillik muddatga qayta saylanib, ish faoliyati davomida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi kelgusi vazifalari belgilab olindi.