[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

15.03.2025. Joriy yilning 14 mart kuni Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar Kengashi tizimidagi “Indorama agro” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasida Jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish va hisobot-saylov Konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada sexlardan saylangan 31 nafar delegat ishtirok etdi.

Dastavval “Indorama agro” MChJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod Aliboev qo‘mitaning hisobot davridagi faoliyati va jamoa shartnomasi bandlarining 2024 yilda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risida hisobot berdi.

Shundan so‘ng 2024 yilda jamoa shartnomasi ijrosini ta’minlash amqsadida  “Indorama Agro” MChJ ma’muriyati tomonidang amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida energetika bo‘limi boshlig‘i A.Husanovning hisoboti tinglandi.

Muzokaralarda so‘zga chiqqan delegatlar tomonidan korxona kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati, shuningdek, jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi bir ovozdan qoniqarli deb topildi.

Ochiq ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda Sherzod Aliboev 31 ta ovoz bilan korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga qayta saylandi.

Shuningdek, konferensiyada “Indorama Agro” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasi  tarkibi, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining Guliston shahar Kengashi Konferensiyasiga 5 nafar delegat saylab olindi.

Konferensiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari E.Bayniyazov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari B.Hamidjonov va Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining Guliston shahar Kengashi raisi Q.Eshnazarov Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, O‘bekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligini keng nishonlash  borasidagi ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati