[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

08.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi tashabbusi bilan, kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda viloyat kengashining “2025 yilgi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida, “7 aprel’ — Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan viloyatdagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida joriy yilning 7 aprel’ kuni soat 17:00 da Navoiy shahridagi “Nuroniylar maskani” binosi oldidan “Yoshlik ko‘li” atrofi bo‘ylab yurish bo‘yicha “Salomatlik sari” viloyat marafoni o‘tkazildi.

Ushbu marafonda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faollari hamda tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ishlayotgan yosh xodimlarning faol ishtiroki ta’minlandi.