14.04.2025. Joriy yilning 11 aprel’ kuni Sirdaryo viloyatidagi DMJX xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayramiga bag‘ishlandi.
Bellashuvda tizimdagi turli tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan kasaba uyushmasi a’zolari faol ishtirok etdilar. Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslar natijalari:
1. Abdumajidov Kamron Qobiljon o‘g‘li
2. Murodov Boburjon Abduraxmon o‘g‘li
3. Xudoyberdiev Asadbek
Ayollar o‘rtasidagi bahslar natijalari:
1. Masetova Nilufar Saitjon qizi
2. Jo‘raeva Sayyora Erkinovna
3. Ortiqova To‘lganoy Joniqulovna
Musobaqa g‘oliblari shaxmat turnirining viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar tarmoq kasaba uyushmasining viloyat kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.