22.03.2025. Navro‘zi olamning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yaxshilik va bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash kabi olijanob g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarning maqsad va mazmuniga to‘la hamohangdir.
Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan yolg‘iz qariyalar holidan habar olish, nuroniylar, nogironlar va mehnat faxriylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va e’zozlash, kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj kishilarga beg‘araz yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida hayrli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Navro‘z ayyomi munosabati bilan hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi oldidan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan 16 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati