18.03.2025. Navro‘z bayrami va muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat kengashi chekka qishloqlarda yashovchi keksa avlod vakillari, xususan, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini e’zozlash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasaba uyushmalari tizimida uzoq yillar ishlab, hozirda pensiyada bo‘lgan insonlar va ularning ehtiyojmand oilalari holidan xabar olish maqsadida xayriya tadbirlarini amalga oshirdi.
Xususan, viloyat kasaba uyushma faollari yuqorida aytib o‘tilgan toifadagi insonlar xonadonlariga borib, samimiy suhbatlar o‘tkazish asnosida ular xolidan xabar olib, sovg‘a-salomlar va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanmalarni tuhfa qildilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati