24.03.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyat kengashi tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ko‘makka muhtoj, nogironligi bor va yotib qolgan insonlar, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olindi.
Shuningdek, Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida joylashgan Muruvvat uylarida yashovchi insonlarga homiylik yordamlari ko‘rsatildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati