[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

28.03.2025. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da  amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturida – Nuroniylar uchun respublika bo‘ylab diqqatga sazovor joylar, xususan, tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalariga sayohatlar tashkil etish belgilangan.

Mazkur band ijrosi yuzasidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mart oyida Namanganlik 24 nafar keksa avlod vakillarining Xorazm viloyatidagi qadimiy obidalarga, 14 nafarining esa Toshkent shahridagi diqqatga sazovor maskanlarga bepul sayohatlari tashkil etildi.

Sayohat davomida nuroniylar O‘zbekistonimizning boy tarixi, madaniy meroslari va zamonaviy inshootlar bilan tanishdilar hamda bugungi tinch, osoyishta hayotimizga shukronalar keltirib, jonajon Vatanimizni,  Yurtboshimizni duolar qildilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati