15.04.2025. Kattaqo‘rg‘on shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoa salomatligi texnikumida “Tarix bilan yuzma-yuz” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, texnikumning mehnat faxriylari, amaldagi o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Uchrashuvni texnikum direktori X.I. Shukurov ochib berdi. Shundan so‘ng mehnat faxriylari so‘zga chiqib, o‘z hayot yo‘llari va mehnat faoliyatidan kelib chiqqan holda yoshlarga qimmatli maslahatlarini berdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi G‘. Rustamov ham ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga kasaba uyushmalarining bugungi faoliyati va 120 yillik tarixi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, bir guruh mehnat faxriylari va o‘quvchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.