[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

15.05.2025. 15 aprel’ kuni O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati birlashgan tashkiloti tomonidan, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to‘lishi” munosabati bilan, shaxmat bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining kubogi” uchun o‘tkazilib, viloyatning turli tumanlaridan ishtirokchilarni jamladi.

Bellashuvda davlat muassasalari va sport maktablarida faoliyat yuritayotgan murabbiylar ishtirok etishdi. Tadbir Sirdaryo viloyati shaxmat federatsiyasi murabbiyi Barot Xaylaev hakamligida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni Boyovut tumani 1-sonli sport maktabi treneri Xaylaev Sharofiddin, 2-o‘rinni Oqoltin tumani sport maktabi treneri Boliqulov Tohir, 3-o‘rinni esa Boyovut tumani 2-sonli sport maktabi treneri Qosimov Nurbek egalladi.

Ayollar o‘rtasida esa 1-o‘rinni Boyovut tumani 1-sonli sport maktabi treneri Xaylaeva Yulduz, 2-o‘rinni Sayxunobod tumani sport maktabi treneri Jumoqova Shahnoza, 3-o‘rinni esa Xovos tumani 2-sonli sport maktabi treneri Eshbekova Bahoroy egalladi.

Musobaqa g‘oliblari musobaqaning 2-bosqichi — viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi. Tadbir yakunida ular viloyat kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.