[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

16.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan va “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” oldidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filialida sohada faoliyat olib borayotgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda elektr sohasida xodimlarning ish jarayonlarida ishlar xavfsiz va sog‘lom shartlarda bajarilishi maqsadida foydalanilayotgan maxsus kiyim, poyafzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Seminarda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, ish beruvchilar xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi lozimligi, hamda mehnatni muhofaza qilishga doir talablar xodimning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilganligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishdagi samarali faoliyati uchun bir qator muhandis-texnika xodimlari va mas’ul shaxslar kasaba uyushmalari tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.