17.04.2025. 16 aprel kuni Guliston shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashi vakillari hamda sohaviy kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda 2020–2025 yillar davomida qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash borasidagi yutuqlar muhokama qilindi. Shuningdek, kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan belgilab olingan ustuvor vazifalar haqida ham so‘z yuritildi.
Yig‘ilish yakunida ovoz berish orqali Nazira Qlicheva Guliston shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimiga qayta saylandi.