[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

17.04.2025. 2025 yil 16 aprel’ kuni Toshkent Arxitektura va Qurilish Universitetida kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Sh. Muxamedxanov hamda ushbu uyushmaning Toshkent shahar Kengashi raisi X. Saydaliev ishtirok etdilar.

Konferensiyada 2020 yil aprel’ oyidan 2025 yil aprel’ oyigacha bo‘lgan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Feruza Kasimova va taftish komissiyasi raisi Ma’ruf Ko‘chimovning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan hisobot davridagi faoliyatga tegishli ravishda baholar berildi. Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tarkibi va tashkilot raisini saylash masalalari muhokama qilindi. Ikki nomzod ichida mehnat jamoasi bir ovozdan F. Kasimova nomzodini ma’qulladi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar to‘liq muhokama qilindi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi rahbarlar tomonidan javoblar berildi va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.