21.04.2025. Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda O‘zbekistonda har oyning bitta shanba va yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” deb belgilangani munosabati bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!” loyihasi doirasida navbatdagi sayohat tashkil etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi Suxrob Rafiqov boshchiligidagi jamoa ushbu loyiha doirasida Navoiy viloyatida joylashgan “Nurota” ziyoratgohiga sayohat uyushtirdi.
Mazkur tashabbus ishchi-xodimlarning dam olishini mazmunli tashkil etish, ichki turizmni rivojlantirish, mehnat jamoalari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan. Sayohat davomida ishtirokchilar “Nurota” ziyoratgohi bilan yaqindan tanishdilar hamda faol va maroqli dam olishdi.