[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

24.04.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi munosabati bilan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida viloyat kengashi raisi Suhrob Rafikov ishtirok etib, yurtimizda shaxmat sport turini ommaviylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda kasaba uyushmalarining ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Musobaqaning viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida g‘olib chiqqan 40 nafar ishtirokchi — 18 nafar ayol va 22 nafar erkak — o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuvlar natijasida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

Ayollar o‘rtasida:

1-o‘rin — Usarova Shoista (Payariq tumani)

2-o‘rin — Ibratova Muxayyo (Qo‘shrabot tumani)

3-o‘rin — Nazarova Kamila (Samarqand shahri)

Erkaklar o‘rtasida:

1-o‘rin — Qurbonov To‘lqin (Narpay tumani)

2-o‘rin — Musaev Farxod (Bulung‘ur tumani)

3-o‘rin — Ro‘ziev Alijon (Kattaqo‘rg‘on tumani)

G‘oliblar kasaba uyushmalari tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, musobaqada ayollar o‘rtasida 1 va 2-o‘rin, erkaklar o‘rtasida esa 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 4 nafar ishtirokchi joriy yilning 28–30 aprel’ kunlari bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.