[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

24.04.2025. 2025 yil 23 aprel’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish hamda qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Sh. Muxamedxanov va Toshkent shahar Kengashi raisi X. Saydaliev ishtirok etdilar.

Konferensiya kun tartibida 2020 yil aprel’ oyidan 2025 yil aprel’ oyigacha bo‘lgan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar eshitildi. Ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglanib, ularga tegishli baholar berildi.

Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi va tashkilot raisi saylovi masalasi ko‘rib chiqildi. Ikkita nomzod orasidan F. Rafikov konferensiya delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tashkilot raisi etib saylandi.

Konferensiyada kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinib, qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar qaytarildi. Yakunda kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.