[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

24.04.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi stipendiyasi” tanlovining birinchi bosqichi yaqinda tarmoq tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo‘lib o‘tdi.

Tanlov Respublika kengashi tomonidan 2023–2024 o‘quv yilida ta’sis etilgan bo‘lib, joriy 2024–2025 o‘quv yilida ikkinchi marotaba tashkil etilmoqda.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida yoshlarning faolligini oshirish, Respublika kengashining “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq, tarmoq tizimidagi yoshlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, “Ustoz-shogird” an’anasini munosib davom ettirish, kasaba uyushmalari kadrlar zaxirasini shakllantirish, kimyo sohasida tadqiqot olib borayotgan, yuqori baholarga o‘qiyotgan hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatida ishtirok etib kelayotgan talabalarni aniqlash va rag‘batlantirishdir.

Tanlovda Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Toirov ishtirok etdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan tadbirlar, shuningdek tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. “Respublika kengashi stipendiyasi” tanlovining maqsad va ahamiyati haqida talabalarga yana bir bor ma’lumot berib, ularni kasaba uyushmasi hayotida faol bo‘lishga chorladi va bu yo‘nalishda doimo yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Tanlov Nizomiga ko‘ra, nomzodlar bir qator talablar asosida baholandi. Tanlov komissiyasi a’zolari — Toshkent kimyo-texnologiya instituti professorlari Gappar Raxmonberdiev va Shavkat Nurillaev, hamda institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Abdussator Abduraxmonov ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va suhbat yakunlari asosida baholadilar.

Tanlov natijasida g‘olib deb topilgan nomzodlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Sh. Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi