[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

25.04.2025. Joriy yilning 24 aprel’ kuni 28 aprel’ — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Navoiy shahridagi Madaniyat va ma’rifat markazida muhim tadbir — “Raqamlashtirish va sun’iy intellektning mehnatni muhofaza qilishdagi roli” mavzusida seminar-mashg‘ulot tashkil etildi.

Tadbir Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazildi va unda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul xodimlar hamda kasaba uyushmalari qo‘mitasi raislari faol ishtirok etdi.

Seminar doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy viloyati Kengashi raisi F.I. Raximova tomonidan “Sanoat korxonalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda ijtimoiy sheriklikning ahamiyati” mavzusida ma’ruza qilindi.

Ta’kidlanganidek, ijtimoiy sheriklik mehnat bozori sub’ektlari — davlat, ish beruvchilar va ishchilarning o‘zaro hamkorligini anglatadi. Bunday sheriklik mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan aniq vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, hamkorlikning samaradorligi har bir tomonning manfaatlarini inobatga olish va muammolarni birgalikda hal etish orqali ta’minlanishi qayd etildi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yangi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir mehnat xavfsizligi va ish o‘rinlarida samarali faoliyatni ta’minlashda raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishning muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqladi.