[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

28.04.2025. 2025 yil 24 aprel’ kuni “Kvars” aksiyadorlik jamiyati Kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi rais o‘rinbosari Salixov Abdug‘appor Muxtorovich, O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Ne’matov Sherzod Sirojiddin o‘g‘li, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi Nuraliev Erkinjon Nazrullaevich, Tarmoq kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi Kodirov Zoxidjon Xalimjon o‘g‘li hamda “Kvars” AJ texnik direktori Tursunboev Sohib Sobirovich ishtirok etdi.

“Kvars” aksiyadorlik jamiyatida kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi yuqori saviyada va katta tashkiliy ruh bilan o‘tkazildi. Tadbirda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va Taftish komissiyasining hisobotlari eshitildi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan keng qamrovli hisobot taqdim etildi. Hisobotda jamoa manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish hamda xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Hisobot davrida amalga oshirilgan ishlarga tegishli baholar berildi. Rais va qo‘mita a’zolarining fidokorona mehnati, o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyat va sadoqati konferensiya ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Kasaba uyushmasi raisi yashirin ovoz berish yo‘li bilan mukobillik asosida saylandi. Ko‘rsatilgan ikki nomzoddan B. Xasanov nomzodi konferensiya delegatlari tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan qayta saylandi.

Saylov va konferensiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi, ko‘tarilgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob berildi. Kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Aytish joizki, mazkur konferensiya nafaqat hisobot-saylov tadbiri, balki birlik va hamjihatlikning yorqin namunasiga aylandi. Konferensiya samimiy muhitda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.