29.04.2025. Bandixon tumani “Birdamlik” mahalasida yashovchi Xudoynazarov Azamat Fayzullaevich O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga ish beruvchining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib murojaat qildi. U o‘z vazifasiga ishga tiklash, majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun oylik ish haqlari va ma’naviy zararlarni undirish hamda dars soatlari bilan ta’minlashni so‘radi. Murojaat mehnat huquq inspektori tomonidan joyida o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, A.Xudoynazarov 2019 yil 2 noyabrdan Qiziriq tumanidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga (hozirgi Bandixon tumanidagi 10-sonli maktab) boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi etib ishga qabul qilingan.
2024–2025 o‘quv yili uchun 2024 yil 30 avgustdagi metod birlashma yig‘ilishida unga umumiy hisobda 19 soat dars soati ajratilgan edi. Ammo metod birlashma a’zolari rozi bo‘lmagan deb ish beruvchi uni dars soatlari bilan ta’minlamadi va mehnat shartnomasini 2024 yil 15 noyabrdan bekor qildi.
Ish beruvchining harakatlarida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi:
- Mehnat kodeksining 312-moddasi va umumta’lim muassasalarida tarifikasiya ro‘yxatini shakllantirish tartibi talablari buzilgan.
- Maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi qarorini qabul qilishda Mehnat kodeksining 164-moddasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasining qoidalari buzilgan.
- Mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonida 312, 313 va 314-moddalarga rioya qilinmagan.
Ish beruvchining noqonuniy xatti-harakati tufayli A.Xudoynazarovning ishchanlik obro‘yiga putur yetkazilgan va ma’naviy zarar yetkazilgan.
A.Xudoynazarov o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qildi. 2025 yil 25 fevralda sud qarori bilan:
- Ish beruvchining buyrug‘i bekor qilindi.
- A.Xudoynazarov o‘z vazifasiga tiklandi.
- Unga 33 440 226 so‘m oylik ish haqi va 5 573 371 so‘m ma’naviy zarar (jami 39 014 226 so‘m) undirib berildi.
- Ish beruvchiga 19 soatlik dars yuklamasi bilan ta’minlash majburiyati yuklatildi.
Zarif Xolov
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi mehnat huquq inspektori