[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

02.05.2025. Samarqand shahrida “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mehnat muhofazasi va xavfsizligi sohasiga, ayniqsa, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishda davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida qator muhim vazifalar belgilangan bo‘lib, ularni amaliyotga samarali tatbiq etishda kasaba uyushmalari faol ishtirok etmoqda.

Shu maqsadda joriy yil 30 aprel’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li turizm va madaniy meros” xalqaro universitetida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir doirasida turli sohalar vakillari ishtirokida ko‘rgazma ham uyushtirildi. Ishtirokchilar tomonidan faol qiziqish bildirildi va amaliy muloqotlar olib borildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va 28 aprel’ — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi — ish joylarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, ish beruvchilar tomonidan sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratishdir.

Davra suhbatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Nodira Bahodirjonovna Gaibnazarova, Federatsiyaning Samarqand viloyati kengashi raisi So‘xrob Rafiqov, kasaba uyushma faollari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda viloyatdagi turli korxona va muassasalarning mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ullari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari amaliy faoliyatda qo‘llanayotgan usullar bo‘yicha tajriba almashdilar, sohaga oid dolzarb muammolar yuzasidan fikr bildirdilar. Shuningdek, tadbir milliy va xalqaro tendensiyalar bilan tanishish, mehnat muhofazasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qildi.

Tadbir doirasida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” mavzusidagi respublika ko‘rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichi g‘oliblari kasaba uyushmalari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.