[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

06.05.2025. 9 may — Xotira va qadrlash kuni arafasida, kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari Kengashi raisi R. Tursunmuradov hamrohligida kasaba uyushmalari faxriylaridan bir guruhi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 100 yoshdan oshgan O‘skan ota Xodjamanovning xonadoniga tashrif buyurishdi.

Otaxon Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabriklandi. Faxriyga samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu tashrif nafaqat qadrlash va e’tirof ifodasi, balki yosh avlod uchun o‘rnak bo‘ladigan ma’naviy tarbiya manbai ham bo‘ldi.